Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga Davlatobod tumanida 2 490 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shundan, 2 097 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko'p faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar quyidagicha:
savdo - 646 ta
sanoat - 503 ta
qurilish - 189 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi - 57 ta
yashash va ovqatlanish - 160 ta
tashish va saqlash - 117 ta
Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:
🔹masʼuliyati cheklangan jamiyatlar - 1886 ta
🔹xususiy korxonalar - 171 ta
🔹oilaviy korxonalar - 59 ta
🔹xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar - 45 ta
shundan
🔸xorijiy korxonalar - 30 ta
🔹qo‘shma korxonalar - 15 tani tashkil etgan.




