O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining statistika tizimini modernizatsiya qilish hamda hisobot topshiruvchi subyektlar, jumladan, tadbirkorlik subyektlari, korxona va tashkilotlar xodimlarining statistik savodxonligini oshirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida hududlarda tashkil etilgan “Statistika asoslari” bo‘yicha sayyor o‘quv mashg‘ulotlari izchil davom etmoqda.

Viloyat hokimining tegishli farmoyishiga muvofiq tashkil etilayotgan mazkur o‘quv jarayonlarida mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan iqtisodchi va mutaxassislar faol ishtirok etmoqda.

Bugungi mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga rasmiy statistika tizimining zamonaviy yo‘nalishlari, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilishning ilg‘or usullari yuzasidan keng qamrovli tushunchalar berildi. Shuningdek, statistik axborotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi.

Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish, ularni tahlil qilish hamda turli ko‘rinishlarda taqdim etish bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari yakuniga qadar hududlarda statistik savodxonlikni yanada oshirish, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda rasmiy statistika tizimi samaradorligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.




