2026-yil 30-aprel kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida ko‘p yillar davomida sidqidildan mehnat qilgan, boy tajribasi, yuksak mas’uliyati va tashabbuskorligi bilan soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan faxriy xodim — Qodirova Maxmuda Xamidovna nafaqaga tantanali ravishda kuzatildi.


Tadbirda boshqarma rahbariyati hamda jamoa a’zolari ishtirok etib, Maxmuda Xamidovnaning mehnat faoliyati, erishgan yutuqlari va samarali xizmatlari alohida e’tirof etildi. Ularning fidokorona mehnati va soha taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi samimiyat bilan yodga olindi.


So‘zga chiqqanlar tomonidan Maxmuda Xamidovnaning halolligi, kasbiga sadoqati va yosh mutaxassislar uchun ibrat bo‘ladigan fazilatlari alohida ta’kidlandi. Shuningdek, uzoq yillik samarali faoliyati uchun chuqur minnatdorlik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.








