01/05/2026

Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-mart oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 133 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

 savdo sohasida–447 ta
 sanoat sohasida–147 ta
 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida–152 ta
 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida–111 ta
 qurilish sohasida–48 ta
 sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida–31 ta
 axborot va aloqa sohasida–37 ta
 tashish va saqlash sohasida–30 ta
 boshqa sohalarda–130 ta.