Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 17,9 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda 6,2 barobarga oshgan. Quyida ushbu o‘sish dinamikasi yaqqol aks etgan: (yanvar-mart holatiga)
▫️ 2026 – 17,9 trln so‘m
▫️ 2025 – 13,0 trln so‘m
▫️ 2024 – 9,0 trln so‘m
▫️ 2023 – 4,0 trln so‘m
▫️ 2022 – 2,9 trln so‘m
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:
🔹To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar – 14 trln 216,1 mlrd so‘m
🔹Korxonalar mablag‘lari – 1 trln 438,7 mlrd so‘m
🔹Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 850,9 mlrd so‘m
🔹Aholi mablag‘lari – 668,7 mlrd so‘m
🔹O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi chet el kreditlari – 374,1 mlrd so‘m





