06/05/2026

2026-yilning yanvar-mart oylarida Pop tumanida ishlab chiqarilgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarining hajmi 268,1 mlrd so‘mni, o‘sish surʼati 2025-yilning mos davriga nisbatan 107,0 % ni tashkil etdi. O‘tgan davr mobaynida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 1,8 ming tonna go‘sht, 11,5 ming tonna sut, 6,5 mln. dona tuxum, 33,4 tonna jun ishlab chiqarildi va 583,3 tonna baliq ovlangan. Shuningdek, yanvar-mart oylarida 355,3 tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisabatan 2,3 barobarga oshgan.