2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Mingbuloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 83 tani tashkil etdi. Joriy yilning yanvar–mart oylarida mazkur korxonalar tomonidan 85,1 milliard so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 105,3 foiz o‘sishni taʼminladi.
Bajarilgan ishlar tarkibida yirik qurilish tashkilotlarining ulushi 4,6 foizni, kichik korxona va mikrofirmalar hissasi 68,4 foizni, norasmiy sektor ulushi esa 27,0 foizni tashkil etdi.
Tahlillarga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida Mingbuloq tumanida 10,6 ming kvadrat metr turar-joylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etilgan.





