Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,6 foizga oshgan.
Tarmoqlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
Dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik hamda ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 3,4 trln so‘m;
O‘rmon xo‘jaligi – 641,6 mlrd so‘m;
Baliqchilik xo‘jaligi – 24,2 mlrd so‘m.
Ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lgan hududlar:
🔸 Namangan shahri – 728,6 mlrd so‘m;
🔸 Uychi tumani – 422,7 mlrd so‘m;
🔸 To‘raqo‘rg‘on tumani – 376,0 mlrd so‘m;
🔸 Namangan tumani – 373,9 mlrd so‘m.





