Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida qiymati 3 trln 5,8 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
O‘sish sur’ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 116,1 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibi:
🔸yirik qurilish tashkilotlarining ulushi - 7,1 %;
🔸norasmiy sektor - 51,7 %;
🔸kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi - 41,2 % ni tashkil etgan.
Ma'lumot o‘rnida, 2026- yilning 1- aprel holatiga Namangan viloyati bo‘yicha 1 439 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 136 taga oshgan.





