Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatida 9 trln 279,0 mlrd soʻmlik so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
2025-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,8 % ni tashkil etdi, ya’ni sanoat hajmi 8,8 % ga o‘sdi.
2026-yil 1-aprel holatiga viloyatda jami 4 376 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
2026-yilning yanvar-mart oylarida 147 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2 million 902,6 ming so‘mni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes subyektlarining ulushi 50,0 % ga teng bo‘ldi.





