Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan texnikumlar soni 712 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida texnikumlar soni quyidagicha:
Qashqadaryo viloyati — 71 ta
Samarqand viloyati — 70 ta
Andijon viloyati — 69 ta
Farg‘ona viloyati — 66 ta
Surxondaryo viloyati — 57 ta
Toshkent viloyati — 57 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 53 ta
Namangan viloyati — 53 ta
Buxoro viloyati — 47 ta
Xorazm viloyati — 43 ta
Toshkent shahri — 37 ta
Jizzax viloyati — 36 ta
Navoiy viloyati — 27 ta
Sirdaryo viloyati — 26 ta





