2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatining yalpi hududiy mahsulot hajmi 17,4 trln so‘mni tashkil etib, shundan 68,0 % i kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha;
ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi–4 ,6 trln so‘m;
bajarilgan qurilish ishlari hajmi–2,8 trln so‘m;
asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi–15,8 trln so‘m;
ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi-10,9 trln so‘m;
chakana savdo tovar aylanmasi hajmi–7,1 trln so‘m;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarining hajmi–3,8 trln so‘m;
eksport–95,4 mln AQSH dollari;
import–214,4 mln AQSH dollari;
avtomobil transportida tashilgan yuklar–8,0 mln tonna;
avtomobil transportida tashilgan yo‘lovchilar soni–107,7 mln kishi.





