14/05/2026

Yangi Namangan tumani 2021-yil 24-aprelda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 60 kvadrat kilometrni tashkil etadi. 2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 170,3 ming kishini tashkil etib, 2025-yilning 1-aprel holatiga nisbatan 4,2 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholining 51,4 % ini erkaklar, 48,6 % ini ayollar tashkil etadi. 2026-yilning yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar soni 939 kishini, vafot etganlar soni 141 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2026-yilning birinchi choragida FHDYO organlarida 116 ta nikohlar va 29 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan. Mazkur davr mobaynida tumanga ko‘chib kelganlar soni 105 kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 75 kishini tashkil etgan.