2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra Davlatobod tumanida jami 2 490 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Ularning 2 097 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p korxona va tashkilotlar quyidagicha taqsimlangan: savdo sohasida 646 ta, sanoatda 503 ta, qurilish sohasida 189 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 57 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 160 ta, tashish va saqlash sohasida 117 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
Tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra, tumandagi korxonalarning asosiy qismini masʼuliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etib, ularning soni 1 886 tani tashkil etadi. Shuningdek, 171 ta xususiy korxona, 59 ta oilaviy korxona hamda 45 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar mavjud bo‘lib, shundan 30 tasi xorijiy korxona, 15 tasi esa qo‘shma korxonalardir.





