Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil 1- may holatiga Namangan viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xoʻjaliklari bundan mustasno) 27 869 tani tashkil etadi, shundan 23 242 tasi yoki 83,4 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir.
2025- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 110,4 foizni, jumladan, kichik biznes va mikrofirmalarda – 111,4 foizni tashkil etdi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (1-may holatiga, birlikda):
🔹 2024- yil — 27 020 ta
🔹 2025- yil — 25 238 ta
🔹 2026- yil — 27 869 ta





