Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatning import qiluvchi korxonalari tomonidan jami 53 ta davlatdan 279,9 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilinishi ta’minlandi.
Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 34,2 % ga ko‘paydi.
Import tarkibida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
Xitoy - 49,2 %;
Rossiya - 11,6 %;
Turkiya - 8,8 %;
Qozog‘iston - 6,6 %;
Germaniya - 4,1 %;
Qirg'iziston - 2,9 %.





