19/05/2026

Mingbuloq tumani 1952-yil 15-aprelda tashkil topgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 0,74 ming kv.km tashkil etadi. 2026-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, doimiy aholisi soni 142,8 ming kishini tashkil etib, 2025-yilning 1-aprel holatiga nisbatan 2,5 ming kishiga ko‘paydi. Doimiy aholining 51,0 % ini erkaklar, 49,0 % ini ayollar tashkil etadi. 2026-yilning yanvar-mart oylarida tug‘ilganlar soni 617 kishini, vafot etganlar soni 155 kishini tashkil qilgan. Shuningdek, 2026-yilning birinchi choragida FHDYO organlarida 132 ta nikohlar va 54 ta nikohdan ajralishlar ro‘yxatga olingan.