Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga Namangan viloyatida 4 376 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 345 taga ko‘paygan.
Asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida sanoat korxonalarining yuqori ulushi quyidagi yo‘nalishlarga to‘g‘ri kelmoqda:
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish — 766 ta (17,5 %)
Kiyim ishlab chiqarish — 754 ta (17,2 %)
Boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish — 633 ta (14,5 %)
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish — 441 ta (10,1 %)





