2026-yil 20-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Milliy statistika tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha majburiy talablar” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, xodimlar hamda hududiy statistika bo‘limlari mutaxassislari masofaviy tarzda ishtirok etdilar.


Seminar davomida axborot xavfsizligini ta’minlash, xizmat faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish, ma’lumotlarni himoyalash hamda kiberxavfsizlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlarga xizmat kompyuterlari va axborot tizimlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, shubhali elektron xabarlar va zararli dasturlardan ehtiyot bo‘lish, maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.




