21/05/2026

Joriy yilning 21-may kuni Namangan davlat texnika universitetida talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda bitiruvchilarning kelgusidagi mehnat faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida Namangan viloyati statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi Asraqulov Muzaffar Luqmonjonovich ishtirok etib, boshqarma faoliyati, mavjud vakant ish o‘rinlari hamda statistika tizimida faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida talabalar va bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.