21/05/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyati tomonidan xorijiy davlatlarga qiymati 94,2 mln AQSH dollari miqdorida sanoat tovarlari eksport qilindi.

 Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 28,1 % ga oshgan.

 Sanoat tovarlari eksportida yuqori ulushga ega mahsulotlar:

 Toʻqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va shunga oʻxshash mahsulotlar — 89,1 mln AQSH dollari

 Teri, teridan tayyorlangan buyumlar va moʻyna — 1,5 mln AQSH dollari

 Noruda qazilmalardan olingan mahsulotlar — 1,7 mln AQSH dollari

 Metallardan tayyorlangan buyumlar — 1,2 mln AQSH dollari

 Viloyatda eksport hajmlarining ortib borishi sanoat ishlab chiqarishi va tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanayotganidan dalolat beradi.