Statistika boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, 2026- yilning 1-aprel holatiga Namangan viloyatida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 290 tani tashkil etgan.
Bu ko'rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 59 taga oshgan.
Ulardan:
▪️104 tasi qo‘shma korxona (ya’ni, mahalliy va xorijiy sherikchilik asosida),
▪️186 tasi xorijiy korxona (faqat xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan).
Ularning eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga hissasiga to‘g‘ri keldi:
Xitoy – 82 ta;
Rossiya – 57 ta;
Turkiya – 43 ta;
Janubiy Koreya – 21 ta;
Qozog‘iston – 17 ta;
Boshqa davlatlar – 70 ta.





