2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 15 trln 763,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich asosiy kapitalga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmining 88,2 % iga teng bo‘ldi.
O‘sish sur‘ati 2025- yilning mos davriga nisbatan 152,3 % ni tashkil qildi.
So‘nggi yillarda kichik tadbirkorlik subyektlari investitsiya faoliyati ko‘rsatkichlari: (yanvar-mart holatiga)
🔹 2022- yil — 2 169,0 mlrd so‘m;
🔹 2023- yil — 2 089,6 mlrd so‘m;
🔹 2024- yil — 6 489,8 mlrd so‘m;
🔹 2025- yil — 10 297,8 mlrd so‘m;
🔹 2026- yil — 15 763,3 mlrd so‘m.





