26/05/2026

Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda Turizm boshqarmasi hamkorligida hududga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar davom etmoqda.

Ayni paytda kuzatuv ishlari Namangan xalqaro aeroportida tashkil etilib, xorijga ketayotgan va viloyatga tashrif buyurayotgan fuqarolar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.

Mazkur kuzatuvlar turizm statistikasi ko‘rsatkichlarining aniqligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek, turizm xizmatlari eksport-importi hajmini to‘liq shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.