Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida Namangan viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 117,2 mln AQSH dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 36,4 % ko‘paygan.
Shuningdek, umumiy eksport hajmida to‘qimachilik mahsulotlarining ulushi 60,3 foizini tashkil etgan.
Eksport tarkibida:
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 35,5 %,
Tayyor trikotaj kiyimlari — 37 %,
Tayyor tikuvchilik mahsulotlari — 10,4 %,
Paxta, kigiz va noto‘qima materiallar, arqon buyumlari — 0,4 %,
Boshqa to‘qimachilik mahsulotlari — 16,7 % ulushni tashkil etdi.
Ma'lumot o'rnida, 2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida 2,2 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu viloyat bo‘yicha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 27,9 % iga to‘g‘ri kelgan.





