Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida 12 trln 555,9 mlrd soʻmlik so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
2025-yilning shu davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 108,5 % ni tashkil etdi, ya’ni sanoat hajmi 8,5 % ga o‘sdi.
2026-yil 1-may holatiga viloyatda jami 4 423 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
2026-yilning yanvar-aprel oylarida 214 ta yangi sanoat korxonasi tashkil etildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3 million 927,7 ming so‘mni tashkil etdi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik biznes subyektlarining ulushi 49,7 % ga teng bo‘ldi.





