2026-yil 10-aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

2026-yil 10-aprel kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” oʻquv mashgʻuloti boʻyicha yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2026-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-50-son Farmoni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʻlumot va tushunchalar berilib, Farmonga koʻra 2027-yil 1-yanvardan boshlab sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va axborot tizimlarini takomillashtirish orqali davlat ijrochilari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning kamida 70 foizi avtomatlashtirilishi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini taʼminlashdagi ish yurituv jarayonlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektron shaklda yuritilishi, ijro harakatlari davomida undirilgan pul mablagʻlarini taqsimlash jarayonlari raqamlashtirilishi belgilanganligi, 2026-yil 1-iyuldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan davlat daromadiga oʻtkazilishi nazarda tutilgan avtomototransport vositalari va koʻchmas mulklarni davlat ijrochisining qarori asosida toʻgʻridan-toʻgʻri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga oʻtkazilishi, joriy yil 1-sentabrga qadar toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi yuridik shaxslarning majburiyatlari boʻyicha elektron maʼlumot almashinuvini taʼminlovchi platformani joriy etiilishi ham belgilanganligi hamda 2026-yil 1-maydan boshlab aliment toʻlovlarini undirish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida aliment boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda qarzdorlik toʻliq bartaraf etilguniga qadar alohida qarzdorga yirik bitimlarni amalga oshirish, ayrim turdagi moliya-kredit va davlat xizmatlaridan foydalanishni cheklash tartibi joriy etilishi va 2026-yil 1-iyulga qadar ijro ishlari doirasida fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan kommunal toʻlovlar boʻyicha elektron maʼlumot almashinuvini “Raqamli hukumat” tizimi orqali yoʻlga qoʻyilishi belgilanganligi haqida seminar ishtirokchilariga maʼlumotlar berildi.



