Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oyida Namanganda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 21,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Xizmat turlari bo‘yicha o‘sish surʼatlari quyidagicha:
Moliyaviy xizmatlar — 151,8 %;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 117,4 %;
Savdo xizmatlari — 116,3 %;
Transport xizmatlari — 115,6 %;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 113,6 %;
Ijara xizmatlari — 111,1 %;
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 111,0 %;
Kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash bo‘yicha xizmatlar — 110,8 %;
Shaxsiy xizmatlar — 108,9 %;
Boshqa xizmatlar — 109,5 %;
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 108,0 %;
Taʼlim sohasidagi xizmatlar — 103,7 %;
Meʼmorchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 100,3 %.





