08/06/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-may holatiga Namangan viloyatida 1 420 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanva-aprel oylarida viloyatimizda umumiy qiymati 4,4 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,6 % ga o‘sdi, ya'ni qurilish sohasi barqaror rivojlanmoqda.


 So‘nggi yillarda qurilish hajmining o‘sishi: (yanvar-aprel oyida)

2026-yil – 4,4 trln so‘m

2025-yil – 3,7 trln so‘m

2024-yil – 3,0 trln so‘m

2023-yil – 1,8 trln so‘m

2022-yil – 1,6 trln so‘m

Tahlillarga ko‘ra, qurilish sohasi izchil rivojlanmoqda, ayniqsa so‘nggi yillarda o‘sish sezilarli bo‘ldi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

 Yirik qurilish tashkilotlari – 12,2 %

 Norasmiy sektor – 47,1 %

 Kichik korxona va mikrofirmalar – 40,7 %