2026- yilning yanvar-mart oylarida Namangan viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 225,3 tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2025- yilning mos davriga nisbatan 29,4 % ga oshgan.
Yetishtirilgan sabzavot umumiy hajmining eng yuqori ulushi Namangan tumani (36,3 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, yuqori ulush Norin (13,8 %), Pop (11,0 %), To‘raqo‘rg‘on (7,3 %), va Uchqo‘rg‘on (5,9 %) tumanlarida qayd etildi. Past koʻrsatkichlar Chortoq( 3,2 %), Mingbuloq (4,0 %) va Kosonsoy tumanida (4,0 %) kuzatildi.





