11/06/2026

Barchaga ma'lumki, joriy yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar respublikamizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri uyushqoqlik bilan amalga oshirildi. Mazkur muhim davlat tadbirini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.


Ro‘yxatga olish jarayonida xodimlar tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligi subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash, shuningdek, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish borasida samarali mehnat qilindi.


Ularning mas’uliyatli yondashuvi va fidokorona xizmatlari tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida muhim omil bo‘ldi.
Shu munosabat bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev so‘zga chiqib, ro‘yxatga olish tadbirining muvaffaqiyatli tashkil etilishi va o‘tkazilishiga munosib hissa qo‘shgan barcha xodimlarga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u xodimlarning mas’uliyati, tashabbuskorligi va samarali mehnatini alohida e’tirof etib, kelgusidagi faoliyatlarida ularga muvaffaqiyatlar tiladi.


Shuningdek, tadbir davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida ko‘rsatgan fidoyiligi, mas’uliyati hamda faol ishtiroki uchun bir guruh xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. 


Tadbir yakunida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlarni kompleks tahlil qilish hamda kelgusidagi strategik rejalashtirish ishlari uchun muhim axborot manbai ekanligi alohida ta’kidlandi.