2026- yil 1- may holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 930 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 13 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 917 tani tashkil qildi.
Viloyat bo‘yicha 2026- yilning yanvar-aprel oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 6 136,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025- yilning mos davriga nisbatan 5,6 % ga o‘sdi.
Yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo hajmi dinamikasi:
🔹2026-yil – 6,1 trln so‘m
🔹2025-yil – 5,5 trln so‘m
🔹2024-yil – 4,8 trln so‘m
Shu bilan birga, kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo aylanmasi hajmi 4,8 trln so‘mni tashkil qilib, umumiy ulgurji savdo hajmidagi ulushi 78,6 % ga teng bo‘ldi.





