2026-yil 1-yanvar holatiga Namangan viloyatining doimiy aholisi 3 mln 190 ming 800 kishini tashkil etgan.
Viloyat aholisi tarkibida turli millat vakillari istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etib, ularning ulushi qariyb 89,3 % ga teng.
🔝 Aholi soni bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan millatlar:
1️⃣ O‘zbeklar – 2 849 810 kishi (89,3 %)
2️⃣ Tojiklar – 285 408 kishi (8,9 %)
3️⃣ Qirg‘izlar – 23 638 kishi (0,7 %)
4️⃣ Ruslar – 10 958 kishi (0,3 %)
5️⃣ Boshqa millatlar – 10 440 kishi (0,3 %)
6️⃣ Koreyslar – 2 789 kishi (0,1 %)
7️⃣ Lo‘lilar – 2 300 kishi (0,1 %)
8️⃣ Tatarlar – 1 895 kishi (0,1 %)
9️⃣ Qozoqlar – 733 kishi
🔟 Ozarbayjonlar – 717 kishi
Tahlillarga ko‘ra, Namangan viloyati aholisi asosan o‘zbek millatiga mansub bo‘lib, shu bilan birga tojik, qirg‘iz, rus va boshqa millat vakillari ham viloyatning ko‘p millatli tarkibini shakllantirmoqda. Bu esa hududning tarixiy, madaniy va ijtimoiy rang-barangligini namoyon etadi.




