2026-yilning yanvar–aprel oylarida Namangan viloyatida 5,9 trillion so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatildi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,3 foizga oshgan.
Yanvar-aprel oylarida savdo xizmatlari hajmining o‘sish dinamikasi:
2026-yil – 5,9 trln so‘m
2025-yil – 4,8 trln so‘m
2024-yil – 2,2 trln so‘m
Savdo xizmatlari viloyatda xizmatlar sohasining eng faol yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
2026-yil yanvar–aprel oylarida bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 27,9 foizni tashkil etdi.
Bu natijalar viloyatda savdo infratuzilmasi rivojlanib borayotgani, tadbirkorlik faoliyati kengayib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi ortayotganidan dalolat beradi.




