24/06/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga Namangan viloyatida 19 418 ta MChJ faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2 485 taga yoki 14,7 % ga ko‘paygan.

 Yillar kesimida faoliyat yuritayotgan MChJlar soni:

2022-yil — 21 827 ta

2023-yil — 19 039 ta

2024-yil — 17 837 ta

2025-yil — 16 933 ta

2026-yil — 19 418 ta

 So‘nggi besh yillik ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2022–2025-yillarda MChJlar sonida qisqarish kuzatilgan bo‘lsa, 2026-yilda yana o‘sish bosqichi qayd etildi. Bu esa hududda tadbirkorlik muhitining faollashib borayotganidan hamda yangi biznes subyektlari tashkil etilayotganidan dalolat beradi.

 MChJlar sonining ortishi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi ish o‘rinlari yaratilishi, investitsion faollikning oshishi va xususiy sektorning rivojlanishiga xizmat qilmoqda.