25/06/2026

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga Namangan viloyatida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 793,6 ming tani tashkil etdi.

2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 0,4 foizga ko‘paygan.

Yirik shoxli qoramollarning xo‘jaliklar bo‘yicha soni va 2025-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati quyidagicha:

Fermer xo‘jaliklari – 50 824 bosh
o‘sish sur’ati — 104,4 %

Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari – 732 595 bosh
o‘sish sur’ati — 100,3 %

Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar – 10 171 bosh
o‘sish sur’ati — 94,4 %