Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida Namanagan viloyati 55 ta davlatga qiymati 255,3 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilga nisbatan 55,5 mln AQSH dollariga ko‘paygan.
Hududlar kesimida eksport hajmi quyidagicha (AQSH dollarida):
To‘raqo‘rg‘on tumani – 62,3 mln dollar
Namangan shahri – 60,6 mln dollar
Kosonsoy tumani – 38,4 mln dollar
Uychi tumani – 25,2 mln dollar
Chust tumani – 20,0 mln dollar
Pop tumani – 17,0 mln dollar
Uchqo‘rg‘on tumani – 12,5 mln dollar
Namangan tumani – 6,2 mln dollar
Mingbuloq tumani – 5,0 mln dollar
Norin tumani – 3,2 mln dollar
Yangiqo‘rg‘on tumani – 1,7 mln dollar
Chortoq tumani – 0,4 mln dollar




