Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga viloyatda 1 419 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.
2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida 5,4 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 20,0 foizga oshib, hududda qurilish va bunyodkorlik ishlari izchil rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda.
Qurilish sohasida kuzatilayotgan o‘sish viloyat infratuzilmasini rivojlantirish, yangi obyektlarni barpo etish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.




