Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatda umumiy ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasi 10 trillion so‘mni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan bo‘lib, hududda umumiy ovqatlanish xizmatlariga bo‘lgan talab va ushbu sohaning rivojlanish sur’atlari ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, hisobot davrida umumiy savdo aylanmasining 81,5 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.




