2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida amalga oshirilgan qurilish ishlari tarkibi tahlili qurilish sohasida bino va inshootlar barpo etish ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Hisobot davrida ushbu yo‘nalishda 4 trln 270,4 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlarining 79,6 foizi aynan shu faoliyat turiga to‘g‘ri keldi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,4 foizni tashkil etdi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, hisobot davrida fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishida ham sezilarli o‘sish kuzatildi. Mazkur yo‘nalishda 527,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, uning jami qurilish hajmidagi ulushi 9,9 foizni tashkil etdi. Eng e’tiborlisi, ushbu yo‘nalishdagi o‘sish sur’ati 134,7 foizga yetib, barcha iqtisodiy faoliyat turlari orasida eng yuqori natijani qayd etdi.
Hisobot davrida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi 563,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishning jami qurilish ishlaridagi ulushi 10,5 foiz bo‘lib, o‘sish sur’ati 91,9 foizni qayd etdi.




