20/07/2026

2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida qurilish ishlari hajmining o‘sishida yirik qurilish tashkilotlarining hissasi sezilarli darajada ortdi. Hisobot davrida ular tomonidan 720,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 203,1 foiz o‘sish qayd etildi. Natijada yirik korxonalarning jami qurilish ishlaridagi ulushi 13,4 foizni tashkil etdi.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2 trln 193,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Ularning umumiy hajmdagi ulushi 40,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, o‘sish sur’ati 108,9 foizni qayd etdi. Bu kichik biznes subyektlari qurilish sohasida yetakchi o‘rinlardan birini saqlab qolayotganini ko‘rsatadi.

Norasmiy sektor hissasiga esa 2 trln 448,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri kelib, uning ulushi 45,7 foizni tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda o‘sish sur’ati 116,7 foiz bo‘lib, qurilish bozorida yakka tartibdagi faoliyat ham muhim o‘rin tutayotganini namoyon etmoqda.