2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida hududlar kesimida qurilish ishlari hajmi bo‘yicha Namangan shahri yetakchilik qildi. Hisobot davrida shaharda 1 trln 92,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120,5 foiz o‘sish qayd etildi.
Tumanlar orasida eng yuqori qurilish ishlari hajmi Uychi tumanida kuzatildi. Mazkur hududda 472,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, o‘sish sur’ati 180,2 foizni tashkil etdi. Shuningdek, Chortoq tumanida 260,6 mlrd so‘m, Kosonsoy tumanida 244,9 mlrd so‘m, Yangiqo‘rg‘on tumanida 242,2 mlrd so‘m hamda Pop tumanida 232,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Shuningdek, Uchqo‘rg‘on tumanida 228,2 mlrd so‘m, Namangan tumanida 217,1 mlrd so‘m, To‘raqo‘rg‘on tumanida 189,8 mlrd so‘m, Chust tumanida 182,0 mlrd so‘m, Mingbuloq tumanida 160,7 mlrd so‘m va Norin tumanida 157,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.




