30/07/2026

2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida bajarilgan 5 trln 361,9 mlrd so‘mlik qurilish ishlarining asosiy qismi kichik korxonalar, mikrofirmalar hamda norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu esa qurilish sohasida tadbirkorlik subyektlarining faolligi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2 trln 193,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, ularning jami hajmdagi ulushi 40,9 foizni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishda o‘sish sur’ati 108,9 foizni qayd etdi.

Norasmiy sektor hissasiga esa 2 trln 448,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ri kelib, bu jami qurilish ishlarining 45,7 foizini tashkil etdi. Ushbu sektorda o‘sish sur’ati 116,7 foiz bo‘lib, yakka tartibdagi qurilish ishlari va xususiy buyurtmalar hajmi ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 720,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning o‘sish sur’ati 203,1 foizni tashkil etib, yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.