2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida 16 trln 50,7 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,5 foizni tashkil etib, viloyatda sanoat ishlab chiqarishi barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori sanoat ishlab chiqarish hajmi Namangan shahrida qayd etilib, 4 trln 542,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Keyingi o‘rinlarda To‘raqo‘rg‘on tumani – 2 trln 815,5 mlrd so‘m, Chust tumani – 1 trln 454,4 mlrd so‘m va Uychi tumani – 976,8 mlrd so‘m bilan qayd etildi.
Shuningdek, viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5 mln 21 ming so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,5 foizga o‘sganini anglatadi.




