2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining asosiy qismi ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri keldi. Hisobot davrida ushbu yo‘nalishda 13 trln 314,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 83,0 foizni tashkil etdi. Mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,4 foizni qayd etdi.
Shuningdek, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida 2 trln 476,0 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, uning ulushi 15,4 foizni tashkil etdi. Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya va chiqindilarni utilizatsiya qilish xizmatlari hissasiga 198,6 mlrd so‘m, tog‘-kon sanoati hissasiga esa 61,4 mlrd so‘m to‘g‘ri keldi.




