2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 8 trln 39,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Natijada kichik biznesning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 50,1 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,0 foiz bandga oshdi.
So‘nggi yillarda kichik biznesning sanoatdagi ulushi izchil ortib borayotgani kuzatilmoqda. Mazkur natijalar tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish quvvatlari kengayib, hududlarda yangi sanoat loyihalari amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.




