31/07/2026

2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik, kiyim va teri mahsulotlari ishlab chiqarish yetakchi yo‘nalish bo‘lib, uning ulushi 41,0 foizni tashkil etdi. Mazkur yo‘nalishning fizik hajm indeksi 109,4 foizni qayd etdi.

Shuningdek, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatning 29,7 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 110,9 foizga yetdi. Yog‘och, qog‘oz mahsulotlari va mebel ishlab chiqarish yo‘nalishining ulushi 4,2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu tarmoqda eng yuqori o‘sish – 164,9 foiz qayd etildi.