2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 27 trln 4,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan xizmatlar hajmi 4 trln 827,5 mlrd so‘mga ortib, o‘sish sur’ati 115,9 foizni qayd etdi.
Hisobot davrida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 mln 447,6 ming so‘mni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 13,8 foizga oshdi. Shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 19 trln 684,5 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, ularning jami xizmatlar hajmidagi ulushi 72,9 foizni tashkil etdi.




