17/07/2026

2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida xizmatlar hajmi hududlar kesimida tahlil qilinganda, Namangan shahri yetakchi o‘rinni egalladi. Hisobot davrida shaharda 4 trln 824,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilib, viloyatdagi jami xizmatlar hajmining 21,6 foizi aynan ushbu hudud hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘sish sur’ati esa 116,8 foizni tashkil etdi.

Tumanlar orasida Chust (975,8 mlrd so‘m), To‘raqo‘rg‘on (804,3 mlrd so‘m), Pop (797,4 mlrd so‘m) va Uychi (744,7 mlrd so‘m) yuqori xizmatlar hajmini qayd etdi. Eng yuqori o‘sish sur’ati esa Namangan tumanida – 124,7 foiz, Norin tumanida – 121,8 foiz va Uchqo‘rg‘on tumanida – 121,7 foizni tashkil etdi.