2026-yilning yanvar–may oylarida Namangan viloyatida xizmatlar sohasi o‘sishida transport va savdo xizmatlari muhim omil bo‘ldi. Hisobot davrida transport xizmatlari hajmi 3 trln 77,9 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 147,1 foizni qayd etdi.
Savdo xizmatlari hajmi 7 trln 372,6 mlrd so‘mga, yashash va ovqatlanish xizmatlari esa 9 trln 342,2 mlrd so‘mga yetdi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlar hajmi 2 trln 397,0 mlrd so‘mni tashkil etdi.




